Butun dunyoni o’z domiga tortgan pandemiya tufayli barcha katta sport bellashuvlari va chempionatlar bekor qilindi. Shu jumladan bu mavsumda ilk bor Toshkentning “Humo” jamoasi ishtirok etgan OXL ham bundan mustasno emas. Jamoa OXLning kelasi mavsumini o’tkazib yuborishi haqida rasman ma’lum ham qildi, va uning kelajagi katta so’roq ostida qolmoqda.
Afsonaviy Valeriy Kamenskiy fikriga ko’ra esa, bu loyihaning kelajagi bor bo’lib, u bilan hayrlshishga hali erta:
“Ular bu mavsumda o’zlarini juda kuchli jamoa sifatida ko’rsata oldilar, pley-off bosqichigacha o’ta oldilar, arenada esa 8-10 ming kishigacha tolplashni uddaladilar! Albatta sharoit og’ir, ammo, karatin tugagach jamoa qaytishi mumkun degan ehtimollar bor”- degan fikirni bildirdi Kamenskiy.
Uning fikriga ko’ra, “Humo” O’zbekiston sporti va albatta, birinchi navbatda xokkeyining rivoji yo’lida katta hissa qo’sha oldi.

Afsonaviy xokkeychi bildirgan fikrlar bilan Sputnik Узбекистанning radio podkasti orqali tanishishingiz mumkin

Ulashish