Arena

“Humo Arena” Ko’p tarmoqli muz saroyi

Arena haqida raqamlarda:

  • Sig´imi – 12 500 kishi;
  • Jami inshootlar maydoni – 82 250 kv.m.;
  • Muz maydonlarining o’lchamlari – 60x26m.;
  • Ko’p qavatli avtoturargoh- 4 qavat.

Mamlakatimizda muz saroyi qurilishi O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda yosh avlodning salohiyatini ro´yobga chiqarish, qo´llab-quvvatlash dasturi doirasida boshlangan.

Majmua qurilishi 2017 yil yanvar oyida boshlanib, 2019 yil mart oyida foydalanishga topshirildi. Majmua Toshkentning markazidagi Afrosiyob va Beshyog’och ko´chalari chorrahasida joylashgan. Loyiha mualliflarining ta´kidlashicha, ushbu majmua dizayni o´zbek sevgi, baxt va ozodalik ramzi - Humo qushiga ko’rinishida, majmua hududidagi yo’lakchalar esa Humo qushi qanoti shaklida qurilgan.

Qurilish bosh pudratchisi Singapurning Enter Engineering kompaniyasi, konsepsiya loyihasi muallifli- janubiy koreyalik Heerim Architects & Planners, bosh loyihachi esa Arena Rossiya noyob tuzilmalar dizaynerlik instituti bo’ldi.

Majmua zamonaviy, yuqori texnologiyali shisha va metalldan tayyorlangan bino bo’lib qurilish davomida aqlli va yashil energiya tejaydigan texnologiyalar keng qo´llanilgani. Yangi muz saroyi zamonaviy me´moriy yechimlar, ilg´or texnologiyalar va milliy me´morchilik an´analarini o´zida mujassam etgan.

Arena uch ko`rinishda ishlaydi - muz, sport va konsert. Bu erda xokkey, figurali uchish, short-trek, kerling, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo va boshqa darajadagi sport turlari uchun respublikadan tortib to xalqaro toifagacha bo’lgan bellashuvlar o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Majmuaning o´lchamlari 187x104 metr, balandligi 40 metr. Kompleksda bitta er osti qavati - -4.350 da va oltita er usti qavatlari bor.

MAJMUA QUYDAGILARDAN TASHKIL TOPGAN:

  1. Kop tarmoqli muz arenasi (12 500 o´rindiq);
  2. Kichik mashg‘ulotlar maydoni(300 o´rindiq);
  3. Sport muzeyi, sport zallari, fitness markazi;
  4. Avtomobillar uchun to’xtash joyi.

"Humo Arena" rasmiy sahifasi

Поделиться