Tadbir mehmonlari shahar aholisi, hokimlik vakillari, sportchilar va hatto Toshkentdan kelgan ayrim mehmonlar bo‘ldi.
Shu kuni barcha samarqandliklar sevimli sportimiz haqida ko‘proq ma’lumot olish, murabbiylar va klub rahbariyati bilan yaqindan tanishish va darhol mashg‘ulotlarga yozilish imkoniga ega bo‘ldi.
Taqdimotning asosiy voqeasi “Humo” – “Binokor” o‘yini bo‘ldi. Yigitlar samarqandliklar xokkey o´yini muhitiga to´liq sho´ng´ib ketishlari va tanlangan jamoaga dalda bo´lish nimani anglatishini his qilishlari uchun maxsus Toshkentdan kelishdi. Tribunadagi qo‘llab-quvvatlash haqiqatdan ham barcha kutganlardan oshib ketdi – tomoshabinlar o‘yinning borishini diqqat bilan kuzatishdi va sportchilarni ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlashdi.

Ulashish