Qozog’istonning Professional xokkey Ligasining muntazam chempionati yakunlandi, uning natijalariga ko’ra Toshkentning “Humo” xokkey klubi qat’iy ikkinchi o’rinni egalladi. Ko’k-to’q sariq ranglardagilar 44 o’yinda 33 g’alabaga erishib, 68 ochko to’pladilar.
Ikki yillik tanaffusdan so’ng, noldan yig’ilgan jamoa mavsumning birinchi o’yinlarida qiyinchiliklarga uchradi, g’alabalar mag’lubiyatlar bilan ket-me ket keldi. Ammo noyabr oyidan boshlab vaziyat ham, jamoa tarkibi ham barqarorlashdi, murabbiylar shtabining sa’y-harakatlari va mashaqqatli mehnati o’z natijalarini bera boshladi - Toshkentlik jamoani barcha raqiblar hurmat qila boshladilar.
16 – fevral kuni “Humo” chempionatning ikkinchi bosqichi – Pley-off, ya’ni chiqish o’yinlarida ishtirok etishni boshlaydi. Birinchi raqib – Rudniyning “Gornyak” jamoasi. Vazifa – birinchi seriyada to’rtta g’alabani qo’lga kiritib, yarimfinalga yo’l olish. Birinchi ikkita o’yin “Humo Arena”da 16 va 17 – fevral kunlari bo’lib o’tadi. Uchinchi va to’rtinchi o’yinlar Rudniy shahrida 21 va 22 – fevral kunlari bo’lib o’tadi. Agar kerak bo’lsa, beshinchi o’yin Toshkentda 26 – fevral kuni, o’yinlarning durrang natijasida esa, hal qiluvchi yettinchi o’yin ham O’zbekistonning poytaxtida 6-mart kuni bo’lib o’tadi.
Jamoa bilan 2019/2020 – mavsumda ham birga ishlagan “Humo”ningbosh murabiyi Yevgeniy Popixin jamoa pley-off bosqichiga jiddiy tayyorlangan holda kirishiga va Chempionatning bosh sovrini uchun kurashishiga qat’iy ishonadi. Rossiyaning tajribali mutaxassisi yordamchilari bilan birgalikda jamoani mavsumning eng muhim o’yinlariga jiddiy tayyorlaganlar. Jamoa Ligadagi eng ishonchli himoya chizig´iga ega, buni muntazam mavsumda barcha jamoalar orasida o´tkazib yuborilgan gollarning (71) eng yaxshi nisbati ko´rsatib turibdi. Muvozanatli tarkib, xokkeychilarning yaxshi jismoniy holati, murabbiylarning to‘g‘ri taktik munosabati va albatta, uy tribunalarining qo‘llab-quvvatlashi jamoaga yuksak marralarni zabt etish imkonini bera oladigan muvaffaqiyat tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Hamma xokkeyga! Yigitlarimizni birga qo’llab-quvvatlaylik!