2019 yil 31 may kuni Sochida bo’lib o’tgan klub rahbarlari yig’ilishida “Humo” klubi (Toshkent, O’zbekiston) OXLga qabul qilingan. Va aynan shuni OXL konferentsiya hamda divizionlarga ajratilishi haqida e’lon qilingan
"O´zbekiston xokkey federatsiyasining vitse-prezidenti Kirill Matveyev klubning taqdimotini o´tkazib, O´zbekistonda muz sportining infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi, transport va boshqa imkoniyatlar hamda milliy xokkey klubining kelajakdagi rejalari haqida ma´lumot berdi. Uchrashuvda “Humo”klubining yangi bosh menejeri Normunds Sayeys ham ishtirok etdi. Jamoa bosh murabbiyi sifatida Yevgeniy Popixin bilan hamkorlik qilish to´g´risida ham kelishuvga erishildi. Uning tarkibiga kiradigan xokkeychilari bilan muzokaralar olib borilmoqda. "