Aleksey Kirillov - 29 yoshlik himoyachi, Novokuznetsk “Metallurg”ining tarbiyalanuvchisi. So’nggi klubi: OXLda ishtirok etuvchi Xanti-Mansiyskning “Yugra”si, QXLda “Spartak” va “Lada” jamoalari tarkibida 97ta o’yin o’tkazgan. 2020/2021 - mavsumda esa OXL chempioniga aylangan.

Hujumchi Yevgeniy Popitich - Perm xokkeyi tarbiyalanuvchisi. Bir nechta mavsumni Qozog’iston chempionatida ishtirok etadigan “Qulager” jamoasi tarkibida o’tkazdi, o’tgan mavsum Polshaning “Krakoviyu” jamoasida bo’ldi. Yevgeniy - 2019/2020-mavsumda “Humo” tarkibida bo’lgan Artyom Popitichning akasidir.

Hujumchi Andrey Karavaev. Novokuznetsk xokkeyining tarbiyalanuvchisi o’tgan mavsumni OXLda ishtirok etayotgan “Tambov” XK tarkibida o’tkazdi. Novokuznetsk “Metallurg”i tarkibida QXLda 23ta o’yinda ishtirok etdi.


Ulashish