Jamoamizning besh a´zosi Tolyattining "Lada"siga o´tgan edi. Yevgeniy Grigorenko atigi 6 o´yinda 7 ochko to´pladi (2 gol va 5ta golli uzatma), Arseniy Yeroxin esa 25 oyinda 6 ochko (1+5) to´pladi, Nadir Islyamov esa 20 o´yinda golli uzatma uchun hozirda bir ochkoni qo´lga kiritgan. Pavel Zdunov jaroxat tufayli ko´p o´yinlarni o´tkazib yuborgani uchun gol va golli uzatmalar bilan ajralishga ulgurmadi. Ushbu jamoada barchaning sevimli darvozaboni Roman Smiryagin 16 o´yinda darvozani himoya qildi, uning xavfsizlik omili 2,36ni tashkil etmoqda.

Belorussiyaning ikkinchi ligasiga ketgan Javoxir Rasulov 5 o´yin ichida 2 gol va bir golli uzatma uchun 3 ochkoni qo´lga kiritdi. Undan uncha uzoqda bo´lmagan, Minskdagi Toshkentlik muhlislarning sevimli xokkeychisi Roman Tatalin "Yunost" jamoasida 18 o´yin o´ynadi. U to´plagan 8 ochkosi (1+7) bilan faxrlansa ham arziydi.

Dmitriy Lozebnikov "Metallurg" tarkibida 13 o´yinda uchta "quruq" o´yinga ega bo´ldi, uning xavfsizlik omili 1,73.

"Buran" tarkibiga yaqinda qo´shilgan Ivan Yatsenko 9 o´yinda ikkita shaybani darvozaga kiritishga ulgurdi. Hujumchi Denis Yerkin "Gornyak" uchun 25 o´yinda 6 ochko (1+5) to´pladi, "Rubin"dagi Igor Merejko esa 20 o´yinda to´plagan yetti ochkosi (2+5) bilan faxrlansa bo´ladi.

Qanotlilarning ikki a´zosi "Sokol" tarkibida "hujum" qilishmoqda: Platon Popov 17 o´yinda uch ochkosi (2+1) va 9 o´yinda uch raqib darvozasiga 3 sahybani kiritgan Pavel Sinyavskiy. Bundan oldin Sinyavskiy "Yugra" jamoasida 10 o´yinni o´tkazib, bitta golli uzatma bilan ajraldi.

Andrey Smirnov esa Kievning "Sokol" jamoasida 4 o´yin o´ynab, raqib darvozasiga bitta shayba kiritishga ulgurdi.


Ivan Belyakov pley-offning 1/8 bosqichida bizning raqibimiz bo´lgan "Toros" jamoasi bilan 17 o´yindan so´ng shartnomani bekor qildi va o´zi bilan ikki ochkoni olib ketdi. "Tambov" jamoasida ishtirok etayotgan Anton Bogatskiy esa 19 o´yinda bir golli uzatma bilan ajraldi.

Artyom Voronin yaqindagina "Yugra" jamoasi tarkibida sardor sifatida muzga chiqdi. U 22 o´yinda 13 ochko (6+7) to´pladi, va yana bir sardorlik tajribasi bor Artyom Voroshilo "SSK VVS" tarkibida 9 ochkoni (5+4) qo´lga kiritdi.

Maksim Kazakov "Tambov" uchun to´rt o´yinda uch ochkoni (2+1) qo´lga kiritdi va u yerdan QXLning "Vityaz" hokkey klubiga o´tdi.

Va ushbu lavhamizni Chexiyadagi 7 o´yinda raqib darvozasiga bir shayba kiritgan Arslan Axmetyanov va "Ritiji Kladno" jamoasida hali ajralishga ulgurmagan Vsevolod Sorokin yakunlashadi.


Shu bilan birga, Aleksandr Sherbina, Mixail Anisin va Semyon Valuyskiylar ishtirok etayotgan jamoalari bilan shartnomani bekor qildilar.

Ulashish