Bu mavsum juda ham yaxshi o´tdi – biz ko‘p mashg‘ulotlar o‘tkazdik, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi turnirlarda qatnashib, Kuzbassdagi yig‘inlarga bordik, yangi do‘stlar orttirdik va yangi ko‘nikmalarni mashq qildik.
Ta´tilga jo‘nab ketayotgan yosh "Humol"ar mashqlarni davom ettirishga, murabbiylarning barcha tavsiya va ko‘rsatmalariga amal qilishga va vaqti-vaqti bilan o´zlariga dam olishga ruxsat berishga va’da berishdi!
Biz, o‘z navbatida, bu yoz xokkeychilarimiz uchun ham, ularning murabbiylari uchun ham haqiqatdan ham yorqin va sermahsul bo‘lishiga umid qilamiz va iyul oyida yana “Humo Arena”da uchrashib, yana mashg‘ulotlarga kirishamiz.