- Shahar va klub uchun siz- yangi yuzsiz. Avvalo o´zingiz haqingizda nima deyishni istardingiz?

- Yoshim a’lo - 47 yosh (kuladi). Sizni yosh his qilishingizga imkon beriuvchi davr, albatta. Oyilaliman, beshta farzandim bor (kuladi). Avvalgi professional hayotim haqida barchasi Internetda yozilgan. Men sport hayotimda yetishganlarning yarmiga yetishish ham uncha-bunchaning orzusi

- “Rostov” bilan qay yosinda shartnoma imzoladingiz?

- |Rostov” Omsk bilan hamkorlik shartnomasini tuzishi mumkin edi. Men manashu shartnomaning ildizida QXL tarafidan ishtirok etganman. Bir oz ish pishmadi. “Avangard” o´z qarashlarini qayta ko´rib chiqdi, “Novokuznetsk”ga esa ko’nglim chopmadi. Bu men uchun oldindan umidlantirgan narsa emas - bu tasodif. "Xumo", hamma bilganidek, bir yil davomida o´z faoliyatini to´xtatdi va ishsiz o’tirish esa maqsadga muvofiq emas. Panteleev bilan biz ilgaridan tanishmiz: bir vaqtlar biz "Lokomotiv" jamoasida birga o´ynaganmiz. Gregori qo´ng´iroq qildim, u esa: “Qani, kel. Ko´rib chiqamiz. Agar hammasi risoladagidek bo’lsa, shartnoma tuzamiz, ishlayverasan." dedi. Ko’rib turganingizday, shunday bo’ldi.

-Janubiy poytaxt haqida taasurotlaringiz qanday?

- Zo´r! Hozircha hamma narsa ko’ngildagiday: menga hamma narsa yoqyapti, hammasi yaxshi. Ovqatlariga gap yo’q! (kuladi). O´quv jarayoni reja bilan amalga oshirilmoqda, uzulishlar yoq. Murabbiylar yahshi, klub boshqaruvi – o’z ishining ustalari. Umuman olganda, hamma narsa menga mos keladi.

- Biz “Rostov” va “Xumoning” yanvar uchrashuviga qaytamiz: voqealar tafsiloti esingizdami?

- Esimda, birinchi davr 1: 1 tugagan va keyin ochig’ini aytsam, qiyinchilik bilan g´alaba qozongan edik. Buni mo´´jiza desa ham bo’ladi! Uydagi uchrashuvda g´alaba biz uchun ancha osonlashdi.

- Siz “Humo” tarqalishidan avval unda ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan kam sonli mutaxassislardan birisiz. Toshkent klubi haqida nima deya olasiz?

- Shahar ajoyib, arena va uyin paytidagi shukuh aqlga sig’maydigan darajada! Mavsum oxirida o´yinni ko’rish uchun olti mingtagacha muhlis tashrif buyurdi. Aniq aytish mumkun, buni qislasiz va o’yin sur’atiga yahshigina tasir qiladi. Ko´p ijobiy taraflar bor! Salbiylari ham bor albatta, ular unchalik muhum emas, klub ichidagi narsalar. Nima bo’lsa ham ish haqi to´langan, moliyaviy muammolar deyarli yopilgan. Asosan ijobiy taassurotlar.

- Darvozabonlar bilan qanday ish olib borasiz? Siz texnikadan ko’ra ruhiy jihatga ko’roq urg’u berishingiz rostmi?

- Juda to´gri. Yigitlar qanday harakat qilishni yoki boshqa narsalarni o´rgatish kerak bo´lgan yoshda emas. Siz shunchaki barqaror jismoniy holatda bo´lishingiz kerak, bu ularga o´yinda eng yaxshi fazilatlarni ko´rsatishga imkon beradi. Ikkinchdan - albatta, ketma-ket xatolar yo´qligiga ishonch hosil qilish kerak. Agar bunday holat yuzaga kelsa, ularni tuzatilishi kerak. Kattalarga o´yinni qayta o’rgatishning hojati yoq.

- Bu yil birinchi mashg´ulotingizdasiz. Shogirdlaringiz haqida biron narsa deya olasizmi?

- Bu haqida gapirishga biroz erta: Hechkimi hafa qilgum yoq! YIgitlar menga va mening talablarimga endi ko’nikishni boshlashdi.Men ham o’z navbatida endi-endi ularni o’rganyapman. Har birlari haqida o’z fikrim bor, lekin ularni siz bilan bo’lishmayman (Kuladi)

- Ularning o´yin uslubida o’hshashlik bormi? Ruhiy jihatdanchi? Tab jihatiga ko´rachi?

-Yo´q, umuman o’hshashmaydi. Rostini aytsam, men bir xil odamlarni, shu jumladan darvozabonlarni juda kam uchratganman. Ularning barchasi bir-biridan farq qiladi: uslubi, o´zini tutish, ruhiyati nuqtai nazaridan. Har bir odam - alohida shaxs. Har bir odam o´ziga xos yondashuvga muhtoj.

- Faoliyatingiz davomida siz ko´plab mamlakatlarda g´alaba qozonishingiz mumkin: Rossiya, Sloveniya, O´zbekiston, Qozog´iston, Belarus ...

- Ha, men hatto Donbassda ham o´ynaganman! (Kuladi)

- Xokkeyga munosabat qayerda mehrliroq?

- Bilasizmi, xokkey “Makka”lari mavjud. Agar siz QXLda o´ynagan bo´lsangiz, unda Yaroslavl, Chelyabinsk, Qozon kabi shaharlar haqida oldindan bilasiz. Men to´qqiz yil umrimni Magnitogorskda o´tkazdim, lekin, u bu ro´yxatga kiritilishi mumkun deya olmayman. Albatta, klub imidjiga ega, ammo juda tomoshabin o’ta talabchan. Ancha erkalanib ketgan, misol uchun: jamoa o´ynashni to´xtatsa, javob o’zini kuttirib qoymaydi. Nijniy Novgorodda esa muhlislar tarafidan aql bovar qilmaydigan munosabat! Albatta, butun Rossiya muhokama qilinmaydi: bu erda xokkey birinchi raqamli sport turi hisoblanadi.

- Rostov-Donidan nimani kutmoqdasiz? Yangi jamoada birinchi mavsumda qanday umidlar bor?

- Menga kelganida tomoshabinlar juda oz ekanligi meni hayratga soldi. Ichimga sig’may so´radim – javobiga esa oddiy odamlar uchun narx siyosati biroz qimmat ekanligini tushuntirishdi. Umid qilamanki, bu mavsum bu holat yaxshlanar. Umidlarim asosan jamoa ko’rsatmalarni aniq bajarishidan. Biz maqsadlarni aniqladik, aniq tarkibni tanlaymiz. Hali ham o´zgarishlar bo´ladi: shuning uchun kelgusi haftada yangi o´yinchilar kelishni boshlaydi. Eng kamida - pley-offga chiqish. Biz buni amalga oshirish uchun hamma imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz.

Ulashish