Qozog‘iston chempionatining yangi ishtirokchisi toshkentlik xokkeychilar YXLning Bobrusyskdan kelgan yangi jamoasiga qarshi o‘yini jangovar kechdi va asosiy vaqtdan ham o´tib ketdi.
Ikki bo‘limda Belaruslik xokkeychilar uch marta son ustunligida shaybani darvozaga kiritdilar, bunga O‘zbekistonliklar Anton Rextinning shaybasi bilan javob qaytarishdi va u “Humo”ning joriy mavsumdagi birinchi goliga mualliflik qildi.
Uchinchi davr so‘nggiga kelib, tajribali toshkentlik xokkeychilar Bobruysk jamoasining ajoyib o‘ynagan darvozaboni Anton Masalskiyni ikkinchi marta lol qoldirdi va uchrashuvni qo‘shimcha vaqtga o‘tkazishdi. Qo‘shimcha davr hech qanday gol olib kelmadi va belaruslik xokkeychilar otishmada aniqroq harakat qilishdi.

Ulashish