O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi bilan prinsipial kelishuvga erishildi. Yaqin kelajakda ishtirok etish to´g´risidagi shartnoma va boshqa me´yoriy hujjatlar tuziladi.
Eslatib o´tamiz, Toshkentlik jamoa bungacha Qozog´iston chempionatida ishtirok etgan edi. 2019-20 yilgi debyut mavsumida "Humo" doimiy mavsumda o´ninchi o´rinni egalladi.
Andrey Sachuk, QXL boshqaruvchi direktori
- “Humo”ning qaytishi chempionatimizga ijobiy tasir qiladi. Sog´lom raqobat hech kimga zarar keltirmaydi. Toshkent klubi o´zining birinchi mavsumidan keyin ham Pro Hokey Ligasi ishtirokchilari qatorida qolishni istadi, biroq “covid” cheklovlari bunga xalaqit berdi. Endi umid qilamizki, hammasi yaxshi bo´ladi va "Humo"ning qaytishi xokkeyning o´zaro rivojlanishiga xizmat qiladi. Balki bu voqea boshqa xorijiy jamoalarning Qozog´iston Respublikasi chempionatiga kirishi uchun sabab bo´lib qolar. Shuni aytib o´tish kerakki, “Humo” avgust oyining ikkinchi yarmiga belgilangan Qozog‘iston kubogida chiqishni rejalashtirgan.
Bahodir Gafurov, O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti
- “Humo” yana o´yinga qaytdi. Klub koronavirus pandemiyasi sababli ikki yillik tanaffusdan so´ng kelayotgan mavsumda Pro Xokey Ligasidagi ishtirokini tiklaydi. Umid qilamizki, bu yangilik O‘zbekiston va Qozog‘iston xokkey muxlislarini xursand qiladi. Qozog´iston chempionatida kuchli mahoratli jamoalar yig´ilgan va umuman chempionat saviyasi ancha yuqori. Ishonamanki, “Humo”ning turnirida ishtirok etishi yurtimizda xokkeyni yanada ommalashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.