"Navro´z" korhonasi va u bilan birga taqdim etgan mahsulotimiz - Montella suvidan boshlaylik.

"“Navro´z” korhonasi har doim sport va sog´lom turmush tarzi uchun xizmat qilgan. "Humo" paydo bo´lishidan oldin, biz taekvondo, velosiped, engil atletika va boshqa federatsiyalar bilan hamkorlik qildik. Shu sababli, O´zbekistonda xokkey kabi mashhur sport turining paydo bo´lishi bilanoq, biz birga bo´lishimiz kerakligini tushindik!
Hamkorlikning asosiy maqsadi mamlakatimiz uchun yangi sport yo´nalishini rivojlantirishdir. Natija kutilganidan ham oshib tushdi - qisqa vaqt ichida Toshkentda xokkey sevimli aport turiga aylanib qoldi va chempionat yuqori saviyada tashkil etilishi bizda bu kabi tadbirlarda qatnashish istagini yanada kuchaytirdi. "

Ulashish