Albatta o´sha paytdagi xotiralar faqat ijobiy. Biz Toshkentga kelganimizda g´ayrioddiy issiqlik edi. Menga shaharning toza va mehribon, do´stona odamlar qattiq ta´sir qilgan. Birinchi kuni mehmonxonaga tashrif buyurganimizda, bizni tabassum bilan kutib olishdi, mamnuniyat bilan yordam berishdi va biz an´anaviy o´zbek oshini kutayotgan edik.
Arenaga birinchi tashrif alohida eslashga loyiq bo´ldi - bu haqiqatan ham QXL arenasiga loyiq va bizni ajoyib echinish xonasi kutib turardi. To´g´ri, boshida mashq qilish qiyin edi, chunki issiqlik qiynar, hatto muz ham bunday taziqqa bardosh bera olmagan. Ammo, keyin hammasi yaxshi bo´ldi va biz mavsumga muvaffaqiyatli kirishdik.
Toshkentga borishdan oldin hamma bu shahar haqida bir oz ma´lumotga ega edi, lekin menda ma´lumotlar san ko´proq edi - do´stlarimning ko´plari Toshkentga tashrif buyurishgan, kimdir uzoq vaqt bu erda yashagan. Ularning barchasi mehmondo´st odamlar, Toshkent rivojlanib borayotgani va juda go´zal shahar ekanligi haqida gapirishdi. Voqelik nafaqat kutilganiday bo´ldi, balki undan ham ko´proq. Men bundan ancha yomon bo´ladi deb o´ylagan edim - shaharga "ko´nikish", u bilan tanishish, madaniyat bilan tanishish uchun ko´proq vaqt kerak bo´ladi deb hisoblardim, lekin bu shu qadar kam vaqt talab ettiki, keyin ketishni xohlamadim.
Agar biz uchun mavsum odatdagidek tugasa, Toshkentda ko´proq vaqt o´tkazishimni ko´p marotaba aytgandim.
Toshkentdagi ilk kunlardanoq menga juda yoqdi - bu shaharga, odamlarga mehribon, hamdard, do´stona munosabatda bo´lganimdan juda xursand bo´ldim. Arena umuman olganda alohida suhbatga loyiq, hamma narsa juda yuqori darajada. Men darhol Toshkentdagi taomlar bilan do´stlashdim - hammasi juda mazali edi, ovqat hali ham esimda. To´g´ri, dastlab issiq edi. Ishlash odatiy emas edi - go´yo men kurortda edim, quyosh hamma joyda charaqlar, artof yam-yashil, harorat baland, dam olishni xohlardim, shunga qaramay ishlashim kerak edi, lekin keyin men ko´nikib qoldim va hamma narsa o´z iziga tushib ketdi.
Agar men kutilmagan ajoib narsalar to´g´risida gapiradigan bo´lsak, Toshkent shunday ajoyib shaharga aylanadi.