Ushbu ro´yxatni "Humo" sardori yordamchisi (yoki yangi xokkeyda qollaniladigan atama- muqobil kapitan) Artyom Voronin ochganligi ramziy ma´noga ega. Moskvaning “Krilya sovetov” tarbiyalanuvchisi, QXL da “Spartak” tarkibida to’qqiz mavsumni o’tkazgan Artyom, “Humoda” jamoaning yuragi bo’la oldi.
Har bir o’yinda jon-jahtini berib o’ynovchi markaziy hujumchi Hanti-Mansiyskning “Yugra” jamoasi tarkibiga o’tmoqda. Bizdagi ma´lumotlarga ko´ra, “Yugra” uzoq vaqt davomida “Humo” hujumchisiga qiziqish bildirgan. Mavsum o’rtasida Voroninning OXLdan ko´p takliflari bor edi, lekin u o´z so´ziga sodiqligini ko’rsatdi va yanda foydali takliflarni kutmasdan, Xanti-Mansiysk klubi bilan shartnoma imzoladi. "Yugra" ning bosh murabbiysi Vadim Yepanchintsev bo´lib, Voronin o´zining eng yaxshi mavsumini "Spartak" Moskvada o´tkazganligi shubhasiz bu kelishuvda muhim o’rin egalladi.
To´g´ridan-to´g´ri nutq: " Humo "da hamma menga mos edi, ehtimol men Toshkentda xokkeydagi faoliyatimni yakunlagan bo´lardim. Ammo, hozirgi vaziyatda "Yugra" men uchun eng yaxshi tanlov bo´ldi.