Moskva xokkey maktabining bitiruvchisi o´zining birinchi to´liq mavsumini OXLda o´tkazdi. Korsatkichlar bo´yicha baland- pastliklar bo´lganiga qaramay, muntazam mavsumda u uchun o´yin vaqti etarli bo´lmadi. Shunga qaramay Nadirning mahorati va o´ziga ishonchda o´sdi. Uning ikkita shaybasi esda qolarli bo´ldi. Ulardan biri mavsumning eng yaxshi goli uchun ovoz berishda uchinchi o´rinni egalladi. Pley-offda u Vladislav Naumovni almashtirdi va umumiy xisobda bir yarim marotaba ko´proq o´yin vaqtiga ega bo´ldi. Nadirga tajriba orttirishda va mahoratini oshirishda davom etishini tilab qolamiz!

To´g´ridan-to´g´ri nutq: "Bu mavsum men uchun juda muvaffaqiyatli bo´ldi. Toshkent - ajoyib shahar. "Humo" eng yaxshi muxlislarga ega. Keyingi mavsumni "Lada" XKda o´tkazaman. Mavsum uchun barchangizga rahmat.
Ulashish