Pavel Sinyavskiy Xanti-Mansiysking “Yugra” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Toshkentdagi mavsum yosh hujumchi uchun OXLda ilk qadam bo’ldi, va Pavel berilgan imkoniyatdan 100% unumli foydalandi. Devday hujumchining bir qancha gollari “Humo”ga g’alaba keltirdi va bir necha bor kiyinish honasida yutuqli doppini sovrindori bo’ldi.

Tog´ridan tog´ri fikr: “Men uchun “Humo"dagi mavsum juda omadli keldi. Kelasi mavsum ham bajonidil Toshkentda qolar edim, lekin koronavirus bilan bog’liq vaziyat barcha rejalarni puchga chiqardi. “Yugra"dan kelgan taklifga bag’oyat hursandman, umidlarim katta!”

Ulashish