Sharhlovchi Otabek Juraevning chiroyli o´hshatmasidan so´ng "Toshkent Devori" laqabini olgan Roman butun mavsumni bir maromda o´tkazdi. Jamoa uchrashuvlarinign ko´p qismida darvoza himoyasida turishga odatlangan Smiryagin "Humo"da ham bu odatidan voz kechmadi va maydonchadagi asosiy o´yinchilardan biriga aylandi. Yanvar oyida sal bosh kelib qoldiyu, lekin Dmitriy Lozebnikov unga uz vaqtida yahshi kuch quvvat bo´la oldi. Shunday qilib Roman Smiryagin "Humo" tarkibida 65 o´yindan 56 sida maydonchada darvozada devor bo´ldi.

"Ryazan" bilan bo´gan uchrashuvda darvozasini dahilsiz ushlay olgan Roman, muntazam chempionat davomida yana ikki marotaba va pley-off doirasidagi "Toros" bilan o´tgan o´ta muhum to´rtinchi o´yinda darvozadagi devor mustahkamligini ko´rsata oldi va shayba o´tkazmadi. Nefetekamskdagi 28 dekabr kuni bo´lib o´tgan o´yinham shu jumladan

Pley-offda darvozadi to´mon soni o´sgan zarbalarga qaramasdan, toshkentliklarning 62 raqami, darvozabon yarim jamoadan sal ko´proq ekanligini isbotlab berdi. Vaziyatni Voskresenskda bo´lib o´tgan "Zvezda"ga qarshi o´yin sal hiralashtirdi. Maydonchada o´yinchilarda Toshkentda qolgan oilalariyu butunjahon pandemiyasi sababli yopilgan chegaralar haqidagi o´y hayolar ustunroq keldi. Shularning bariga qaramay mavsum statiskasi juda yahshi. Eng maroqlisi esa, Roman Smiryagin "qanotlilar"ning tarixida o´z nomini qoldirgani.

To´g´ridan to´g´ri fikr: "Jamoaga, murabbiylarga va albatta muhlislarga bu mavsum uchun minnatdorman. Toshkent-juda go´zal shahar. Men "Humo" tarkibida o´ynab uning bayrog´ini himoya qila olganimdan mamnunman. Bularning barsachini hech qachon unutmayman. Umid qilamanki qaytishga imkoniyat bo´ladi. Ammo dunyodagi vaziyat tufayli bu mavsumni Tolyattida o´tkazishga qaror qildim. "Lada"- tarixi uzun va har doim chempionatlarda yuqori o´rinlarni zabt etishga intiladigan jamoa


Ulashish