Roman Tatalin Belarussiya chempionatida ishtirok etayotgan “Yunost-Minsk” xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.Yaxshi tajribaga ega himoyachi mavsumni “Humo”da omadli o’tkazdi. Tatalin o’yinlarga doimo 100% tayyor bo’lib chiqar edi. U o’z vazifasini tanasini hajmiga emas, muzdagi o’rni hamda aqlli yondashuviga tayanib bajarar edi. Tatalin mavsum davomida bittagina gol urgan bo’lsa-da, bir nechta muhim golli uzatmalarni amalga oshirdi va ko’k chiziqqa chiqib, son ustinligini amalga oshirishda yordam berar edi.
To’g’ridan to’g’ri fikr: “Umuman olganda mavsumdan ko’nglim to’q. Toshkent shahri o’zining iliqligi, mehribon insonlari va arenadagi muhiti bilan lol qoldirdi. Muhlislar tomonidan jamoani va meni bu darajada sevishlarini men hali ko’rmagan edim. Xattoki, murabbiylar bilan kelishmovchiliklar fikrimga ta’sir qilmadi. Agarda kelajakda “Humo” uchun o’ynash imkoni bo’lsa men albatta qaytaman! Xozirgi kunda esa OXLdan menga ko’p takliflar tushdi, ammo men o’zimni Yevropada sinab ko’rmoqchiman, shu sababli “Yunost-Minsk” jamoasiga keldim.”