Andrey Legalin, Moskva "Spartak"ining tarbiyalanuvchisi YXLda 196 ta o´yin o´tkazdi, 2018/2019 mavsumda QXLda ilk bor qatnashdi, "Humo"dan oldin esa Slovakiyaning ikkinchi ligasida ishtirok etadigan "Topolchani" XK tarkibida o´ynadi.

Anton Rextin, Novokuznetsk "Metallurg" klubi tarbiyalanuvchisi. “Humo”dan oldin Qo‘rg‘onning “Zauralie” jamoasida o‘ynagan. Novokuznetskning “Metallurg” jamoasi bilan QXLda 5 ta o‘yin o‘tkazgan.

Dmitriy Selyutin, Elektrostal "Kristal"ining tarbiyalanuvchisi. U Latviya chempionatida ishtirok etgan "Liepaja" XKdan qanotli jamoa tarkibiga qo´shildi. Ushbu chempionatda Dmitriy 43 ta o‘yin o‘tkazib, 52 (22+30) ochko to´plagan.
Rasmiy sahifalarimizda yangiliklarni kuzatib boring va kelayotgan Qozog´iston chempionatida jamoani qo´llab-quvvatlashga tayyorlaning!
Ulashish