Jamoa bosh shifokori Farhod Ro‘zmetov qanotlilar press-markaziga qaramog´idagilar haqida ma´lumot berdi.
Himoyachi Mark Rubinchik juma kuni amaliyot kechirdi. U tiklanish holatiga o´tdi. Lekin mavsum yakuniga qadar muzga qaytishi dargumon.
Himoyachi Nikita Zimin tanasining yuqori qismidagi jarohatdan so´ng tiklanmoqda, kelayotgan safar o´yinlariga bormaydi.
Himoyachi Aleksey Kirillov pastki qismidan jarohat olgan. Keyingi o´yinlarga tayyorlanmoqda.