Aziz do´stlar!
O´zbekiston xokkey federatsiyasi telegram-kanalida sizning uy sharoitida bo´lishingizga qaramasdan jismoniy holatingizni keraklik darajada ushlab turishda yordam beradigan onlayn o´quv darslarimizni nashr etishni boshladik!
Ushbu videolardagi barcha mashqlar sizning sport darajangizni hisobga olgan holda O´zbekiston xokkey federatsiyasi murabbiylari tomonidan ishlab chiqilgan. Ular jismoniy darajani saqlash va uni takomillashtirishga, shuningdek kasbiy mahoratni rivojlantirishga qaratilgan.
Har hafta biz mashqlar to´plamini nashr etamiz, ular orasida: mushaklarni isish, muvofiqlashtirish mashqlari, umumiy jismoniy tayyorgarlik va cho´zilish. Video ko´rsatmalarida mashqlarni bajarish qoidalari, takrorlashning davomiyligi va soni batafsil tasvirlangan.

Mashqlardan so´ng esa ularning sifatini yahshilashga qaratilgan so´rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

❗️ Jarohatlardan saqlanish uchun mashq qilayotganda ehtiyot bo´ling.

Mashqlarda omad!

Uy sharoitidagi mashqlar

Ulashish