Pley-off bosqichidagi ajoib o’yinlariga qaramaya, jamoa keying mavsumni o’tkazib yuboradi. Demak har bir o’yinchi yangi joy qidirishga majbur.
O’zlarining ilk yakunlanmagan 2019/2020 mavsumidagi chempionatida hammani o’ziga qarata olgan va shov-shuvga sabab bo’lgan O’zbekistonnig “Humo” klubi o’z o’yinchilari bilan hayirlashmoqda
Shu yilning 17 aprel kuni “Humo” klubi rahbariyati jamoa keying OXL mavsumni o’tkazib yuborishi haqida bayonet berdi. Sababi koronovirus tarqalishi sababli tayorgarlik hamda ishtirok etish jadvalini tuzish imkoniyati yoqligi bo’ldi.
O’zbek Xokkeyi muhlislari uchun achinarli bayonotidan so’ng bo’lib o’tgan anjumanda, jamoa egalari bir yillik tanaffus o’yinchilar uchun juda katta yoqotish bo’lishini va bu narsa hech bir sportchi uchun qoniqarli bo’la olmasligi sababli kelasi yili tarkibni yangidan shakillantirish lozimligini tan olishdi.Kutilganday bo’ldi ham. May oyining birinchi yarmidayoq asosiy tarkibning to’qqiz oyinchisi va shu jumladan jamoa sardori ham yangi klublar bilan shartnomalar imzolashdi. SPUTNIK O’zbekiston “Humo” xokkeychilarining majburiy ko’chishini tahlil qildi.
OXL bo’yicha o’zbek klubi raqiblari va albatta pley-off qatnashchilari kelasi bir yil davomida o’yin imkoniyatisiz qolgan xokkeychilarga diqqat etiborini qaratmasdan iloji yoq edi. Yuzma-yuz uchrashuvlar va shahsiy korsatkichlarning tahlili OXL klublarining egalariga u yoki bu oyinchiga javobsiz qoldirib bo’lmas takliflar qilish imkoniyatini berar edi.
Pley-off davrida shov-shuv ko’tara olgan “Humo” xokkeychilari o’zlari haqida ijobiy fikr qoldira olishdi. Shu sababli barcha ko’chshlar asosan oynab tugatilmagan pley-offda “Humo’ning raqibi bo’lgan jamoalarga bo’lganligi hayratlanarli hol emas.
“Toshkent devori” laqabi bilan muhlislar orasida mashhur Roman Smiryagin “Humo”dan farqli o’laroq pley-off davrining ilk bosqichidan asosan darvozabonlarning qo’pol hatolari tufayli o’ta olmagan Tolyattining “Lada” jamoasi safiga qo’shildi. “Lada” klubi rahbariyatining fikriga ko’ra “qanotlilar”ni OXLdagi o’yinlarda ko’p marotaba og’ir vaziatlarda qutqara olgan Smiryagin, jamoani joniga taskin bo’lishi kerakka o’hshaydi. Roman o’tishi haqidagi yangilikdan so’ng jamoa bilan juda iliq hayirlashdi va Toshkentga qaytishi haqida umid bildirdi.
“Jamoaga, murabbiylarga va albatta muhlislarga bu mavsum uchun minnatdorman. Toshkent-juda go´zal shahar. Men "Humo" tarkibida o´ynab uning bayrog´ini himoya qila olganimdan mamnunman. Bularning barsachini hech qachon unutmayman. Umid qilamanki qaytishga imkoniyat bo´ladi.“- deb firk bildirdi xokkeychi.
Tolyattilik jamoa faqatgina darvozabon bilan cheklanishni ismagaan ko’rinadi, Smiryagin bilan bir varakayiga “Lada”ga himoyachilar Nadir Islyamov hamda Arseniy Yeroxinlarni ham olib ketdi. Agar Islyamov uchun bu mavsum ilk katta o’yin bo’lgan bo’lsa, Yeroxin uchun nafaqat katta o’yin balki “Humo” himoyachilari orasida eng yahshi mergan nomi ham.
OXL pley-offining ¼ finaliga "Humo" ortidan kirib borgan "Ugra" ham "o´zbek iste´dodlari bozori"dan chetda qolmadi. Agar Hanti-Mansiysk klubidan oldin MXLda "Spartak"ni boshqargan Vladimer Epanchincev ni hisobga olsak, "Humo"ning zahiradagi sardori Artem Voroning ish faoliyatini endi "Yugra" safida davom ettirishida mantiq topsa bo´ladi. Har holda hujumchi ozining "Spartak"dagi eng yahshi mavumini ayni Evpachencev davrida "qizil-oqlar" safida o´tkazgan.
"Meni "Humo"da hamma narsa qoniqtirardi, va aynan Toshkentda o´z xokkey hayotimni yakunlash ehtimoli ham bor edi. Ammo hozirga vaziyatda "Yugra" men uchun eng yahshi tanlov bo´ldi" - deb takidladi o´yinchi
Xanti-Mansiysk jamoasi yana bir "Humo" o´yinchisini qabul qildi, bu hujumchi Pavel Sinyavskiy. OXLdagi ilk mavsumida xokkeychi 13 ta gol urdi. Yangi klubda muvaffaqiyatli ishtirok etish umidlarini nafaqat yaxshi statistika, balki Artem Voroninning sherigligi ham beradi.
"Men uchun "Humo" dagi mavsum muvaffaqiyatli o´tdi. Men koronavirus bilan bog´liq vaziyat bo´lmasa, keyingi mavsumda Toshkentda qolishni istardim. "Yugra" taklifidan mamnunman, umid qilamanki, hammasi yaxshi va muvaffaqiyatli bo´ladi "- deya Sinyavskiy o´tishdan xursandligini yashirmadi.
"Humo" XK sardori Aleksandr SHerbinaning jarohat olganiga qaramay, OXLning yana bir pley-off davrasining birinchi bosqichidan o´tolmagan klubi o´yinchiga qiziqish bildirdi.Gap Qozog´istonning "Saryarka" klubi haqida ketmoqda. Jamoa rahbariyatini xokkeychining mavsum birinchi qismida olgan jarohati qo´rqitmadi.
"Humo" ning sobiq sardori uning ko´chib o´tganligi haqidagi yangiliklardan so´ng ajoyib o´zbek muxlislarini va Toshkentdagi yangi arenadagi unutilmas muhitni eslab o´tdi.
"Bu mavsum menga juda ko´p ijobiy his-tuyg´ularni bag´ishladi! Toshkent har doim eslayman! Bu go´zal shahar, biz ajoyib maydonda o´ynadik! Arena ichra ajoyib muhit, super muxlislar! Xudo xohlasa xokkey bir yildan keyin O´zbekistonga qaytadi ", - dedi xokkeychi.
Ayni paytda eng hayratlanarli izohlarni himoyachi Roman Tatalin Belorusiyaning "Yunost-Minsk" klubiga o´tishi keltirib chiqarmoqda. OXL klublarining bir qator takliflariga qaramay, xokkeychi boshqa mamlakatga borishga va u erda o´zini sinab ko´rishga qaror qildi.
"Umuman olganda, men mavsumdan juda xursand bo´ldim! Toshkentning o´zi yoqimli ajablantirdi, o´yin davomida butun stadionni to´ldirgan muhit iliq taassurot qoldirdi. Men muxlislar tomonidan jamoaga va o´zimga nisbatan bunday samimiylik va qo´llab-quvvatlashni hech qachon uchratmagandim. Va hatto murabbiylar bilan o´rnatilmagan aloqalar ham mening taassurotlarimni buzmadi. Agar yana "Humo" da o´ynash imkoniyati bo´lsa, men buni mamnuniyat bilan qabul qilaman! Bugun OXL klublaridan ko´plab takliflar bor edi, lekin men o´zimni Evropada, "Yunost-Minsk" klubida sinab ko´rishga qaror qildim. ", - izohladi sakrash sportchi.
Shuningdek, o´zbek klubi himoyachisi Igor Merejkoning "Tyumen Rubin" ga va hujumchi Platon Popovning "Krasnoyarsk Sokol" ga transferlarini baholash qiyin. Ikkala jamoa ham bu mavsum OXL pley-offining hal qiluvchi bosqichiga chiqa olishdi, ammo tanish jamoadoshlarsiz xokkeychilar uchun yangi jamoaga qo´shilish yanada qiyin bo´lishi mumkin.