An´anaga ko´ra, ikkinchi o´yindan so´ng jamoalar xokkeychilari va bosh murabbiylari suhbatga chiqishdi. Intervyuni birinchi bo´lib joriy mavsumdagi ikkinchi "quruq darvozasini" nishonlagan darvozabon Roman Smiryagin ochdi.
⁃ O´yin sizning foydangizga 2:0 hisobda ketayotgan edi. Ikkinchi goldan so´ng vaqtni o´tkazish bilan o´yinni yakunlasa ham bo´las edi.
⁃ Vaqt o´tkazsa bo´lar edi deb aytolamyman. O´yin ochiq tarzda o´tayotgan edi. Jamoa murabbiyning vazifasini bajardi. Shuning uchun xisobni ushlab qolish qo´limizdan keldi.
⁃ O´yin o´tib bo´ldi, sir bo´lmasa, vazifa nimadan iborat edi?
⁃ Doimgidek, murabbiyning ko´rsatmalariga amal qilish.
⁃ Siz avval ham «Torpedo» bilan o´ynagan edingiz. Bu bir necha yil oldin bo´lgan. Nima deya olasiz? Nimalarni xis qilyapsiz?
⁃ O´ynash yoqimli. Yana «Torpedo» o´z joyini almashtirdi. Xozirgi mehmonlar joyi oldin mezbonlarniki edi. Xuddi avvalgidek, deya olaman.. Muhit ham yaxshi. Menga yoqdi.
⁃ "Humo" uchinchi o´ringa ko´tarildi. Turnir jadvalini kuzatib borasizmi yoki qaramaslikka harakat qilasizmi?
⁃ To´g´risi, turnir jadvalini kuzatmaymiz. Vazifamiz - har bir o´yinda g´alaba qozonish. Buning ustida ishlaymiz. Yuqoriroqdan o´rin egallashga harakat qilamiz.
⁃ Toshkent yoqadimi?
⁃ Juda ham.
⁃ Qandaydur so´zlarni bilasizmi?
⁃ Aytib yuborishadi, kerak bo´lib qolsa.
⁃ Eng asosiy savol. Osh markaziga bordingizmi?
⁃ Albatta. Uch yil avval.
⁃ Fikringiz?
⁃ Ajoyib!
Undan tashqari jurnalistning savollariga Yevgeniy Popixin ham javob berdi.
- Juda qiyin o´yinlar bo´ldi. Raqib yaxshi o´ynadi. Birinchi o´yin unchalik oson bo´lmadi. Shuningdek, ikkinchisi ham. Birinchi bo´lim juda yaxshi o´tdi. Biz ko´rmoqchi bo´lgan narsa. Tez, sifatli xokkey. Ikkinchisida esa raqibning son ustuvorligi bizni yiqitishga harakat qildi. So´ng ikki tomonlama keskin o´yin boshlandi. Bu murabbiylar uchun unchalik yaxshi emas, lekin tomoshabinlar uchun yaxshi variant. Va bu yerda, albatta, yaxshi tomoni shundaki, Smiryagin nolga o´ynadi. Men raqib jamoasidagi darvozabonni alohida ta´kidlab o´tmoqchiman, u ham ajoyib o´ynadi. Tomoshabinlar borligi ajablanarli emas. Menimcha, ular bundan zavq olishdi. Raqib jamoaning mag´lubiyatga uchragani hech narsani anglatmaydi. Darhaqiqat, raqib yaxshi xokkey ko´rsatdi. Biz ham ajoyib o´ynadik. Xokkey, bunday o´yinlar bilan juda qiziqarlidir.
⁃ Jamoangiz o´yinning ikkinchi yarmida quvvatni tejash rejimida o´ynagandek tuyuldi. Fikrimizga qo´shilasizmi?
⁃ Aslida yigitlardan himoyada yaxshi o‘ynashni so‘ragan edik. Bu vazifani ular bajarishdi. Hisobni ushlashdi. Chunki raqib yaxshi hujumga ega. Ulardan ehtiyotkorlik bilan o´ynashni so´ragan edik. Ular buni uddalashdi va o´yinni g´alabaga olib kelishdi.
Ulashish