Besh kunlik yig´inda 50 nafar sportchi ishtirok etib, quyidagi elementlarni o´zlashtirdilar:
- 150 ta dribling mashqlari;
- 25 ta fint;
- 15 ta shayba bilan nayrang;
- Shaybani tezlik bilan boshqarish uchun 5 ta mashq;
- darvozabonni "aldash" sirlari;
- himoyachilar, darvozabonlar oldida shaybani nazorat qilish;
- Bilak bilan uloqtirish va uzoqdan uloqtirish texnikasi.
Murabbiyning so’zlariga qaraganda, tashkiliy ishlar va sportchilarning tayyorgarligi nuqtai nazaridan - bu u o’tkazgan mahorat darslarining eng yaxshilaridan biriga aylandiUshbu gaplarni yosh xokkeychilarimiz ham ta’kidlaydilar - ularning har biri o’tgan mashg’ulotlardan mamnun va ushbu mashg’ulotlar keyingi o’yinlarda ularga qo’l kelishiga ishonadilar.
Shon Skinner xokkey bo´yicha dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. U o´z faoliyatini o´rta maktabda xokkey o´ynashdan boshlagan, lekin kollejdan so´ng yo´nalishini o´zgartirib, murabbiylik mahoratini rivojlantirishga e´tibor qaratgan. Keyinchalik, Skinner xokkeychilar orasida butun dunyo bo´ylab mashhurlikka erishgan mashg´ulotlar uchun video darslik chiqardi. Murabbiyning o´zi kamtarlik bilan u faqat xokkey olamidagi eng yaxshi narsalarni to´plaganligini ta´kidlaydi. Hozirda ushbu qo´llanmalar dunyoning 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan.
Murabbiylik faoliyati davomida Skinner MXLning 7 ta jamoasi, olimpiya terma jamoalari bilan ishlagan va 45 mamlakatda sportchilarga ustozlik qilgan. Uning shogirdlari orasida Sidni Krosbi, Aleksandr Ovechkin va zamonamizning boshqa taniqli sportchilari bor.