Qadrli doʻstlar!

Bugun “Humo” jamoasi xokkeychilari va murabbiylariga murojaat qilmoqchiman. Siz yurtimizga professional katta xokkeyni olib kirgan, mustaqil Oʻzbekistonning xokkey tarixidagi ilkboshchilari boʻldingiz. Siz sharaf bilan yuqori saviyangizni unutilmas mavsum davomida isbotlab berdingiz va nomingizni oʻzbek xokkeyining tarixiga zarhal harflar bilan yozib qoldirdingiz.

Siz qisqa muddat davomida yuqori sport natijalariga yetishib minglab hamyurtlarimizni va dunyo miqyosidagi xokkey muxlislarining yuragini qozona oldingiz. Siz faqat oʻz ishingizni bajarish uchun muz ustiga chiqqaningiz yoq. Oʻyinchilar va murabbiylar oʻzbekistonlikar yuragidan xokkey alohida oʻrin egallashi uchun harakat qilish vazifasini aniq va ravshan his etib turishdi.

Siz muruvvat uylariga borishdan, dastxat va suhbatlardan, muxlislar bilan ijtimoiy tarmoqlarda muloqotdan bosh tortmadingiz, bu esa oʻz navbatida ilk mavsumimiz oʻta muvaffaqiyatli va oʻylaganimizdanda aʼlo darajada oʻtishini taʼminlab berdi.

Har biringizga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz va yangi klublarda sizga omad yor boʻlishini tilab qolamiz! Umid qilamizki “Humo” tarkibida oʻtkazgan mavsumingiz yuragingizda faqat iliq his-tuygʻularni uygʻotadi. Nasib etsa, yana hamkorlik ilinjidamiz, ammo nima boʻlgan taqdirda ham, sim doimo Oʻzbekiston yerida hurmatli va sevimli mehmon boʻlasiz.

Butun mavsum davomida gʻayrat va shijoat bilan oʻz ishini aʼlo darajada bajargan “Humo” XK va Oʻzbekiston Xokkey Federatsiyasi xodimlariga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar boʻlmaganingizda, muvaffaqiyat bu qadar yoqimli boʻlmas edi. Rahmat!

Oʻzbekiston xokkey Federatsiyasi

Birinchi vitse-prezidenti Gafurov Baxodir Ismailovich


Ulashish