21-aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da (Moskva vaqti bilan soat 14:00 da) Humo matbuot xizmati rahbari Aleksandr Malishev O´zbekiston Xokkey Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Baxodir G´ofurov va Humo XC direktori Kirill Matveev bilan onlayn-konferentsiya o´tkazadi.

Suhbatda mamlakatning barcha xokkey muxlislarini qiziqtirgan masalalar ko´tariladi. Siz translyatsiyani Facebook ijtimoiy tarmog´idagi rasmiy Humo sahifasida ko´rishingiz mumkin.
Ulashish