Koronovirus pandemiyasi bilan bog’liq taqiqlar sababli uzilgan OXL chempionatinign pley-off bosqichi virtual ravishta otkazishga qaror qilindi va chorak final ishtirokchi klublarning muhlislari ijtimoiy tarmoqlar (VK, Instagram, Twitter, OK) orqali har kuni ovosh berish orqali bellashuvlar olib borishdi.

Chorakfinal davomida “Humo” uchun hatoga orin yo’q edi, chunki u OXL muntazam chempionati g’olibi, moskvaning “Zvezda” jamoasiga 1:3 hisobita mag’lubiyatga uchrayotgan edi. Ammo qanotlilar bu mushkul vaziyatdan osonlik bilan, uch oyinnin ketma-ket g’alaba qozonib chiqib ketishdi, va yol-yolakay chorak final bahslaridan ham.

Barcha pley-off o’yinlari kabi to’rt g’alabaga qadar davom etadigan yarim final bahslarida toshkentliklarga Sankt-Peterburgning “Dinamo” jamoasi raqib bo’ldi. Bu safar manzil u qadar uzoq tuyilmasdi, har holda hisob 0:0 dan boshlanar edi. Mehmondagi ikki uyin durrang natijaga olib keldi va kuchlar tengligini ko’rsatdi. 0:0. Uy o’yinlari esa har doimgiday qanotlilar hisobiga yozildi va seriyadagi hisb 3:1 ga o’zgardi. Beshinchi o’yinda piterliklar ustun kelishdi. Oltinchi o’yinga kelib raqib barcha kuchini ishga soldi, lekin poytaxtliklar zahiradagi kuchlarini bu janggi safarbar etib raqib kuchlarini sal kam ming ovoz bilan tor mor etib tashlashdi. Ana holos, “Humo” finalda. Aytib o’tish joiz korsatkichimiz—8220 ovoz. Agar shu nufuz “Humo arenaga” yig’ilgan taqdirda bu OXL o’yinlari doirasidagi yangi rekord bo’ar edi.

Endi final bosqichida raqibimiz Tyumennig “Rubin” jamoasi. Birinchi o’yin juma kuni, 24 aprel. Ovoz berish jarayoni Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 22:00 ga qadar davom etadi. Har bir muhlis to’rt ijtimoiy tarmoqda – Instagram stories, VKontakte, Odnoklassniki hamda Twitterda ovosh berish huquqiga ega. Ovoz berish uchun havolalar har kuni ertalab berib boriladi.

Ovoz bering va do’stlaringizni jalb eting! Shunday chiroyli mavsumni chempion sifatida yakunlashga nima yetsin! Keyin choyhona!

Ulashish